Rossiya qora ikra eksportini uch barobarga ko‘paytirdi
Rossiyalik qora ikra ishlab chiqaruvchilar nafaqat ichki, balki jahon bozorida ham avvalgi darajasini tiklashni boshladilar.
“Baliqning osyotr turini yetishtirish rivojlanib ketgani qora ikra eksportining o‘sishiga sabab bo‘ldi. Ichki bozorda valyuta kursining beqarorligi tufayli yuzaga kelgan qulay bozor sharoiti eksport o‘sishiga olib kelgan ikkinchi sabab bo‘lib xizmat qildi”, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabarida.
Xabarda keltirilishicha, Rossiyada bir yillik qora ikra ishlab chiqarishning umumiy hajmi o‘rtacha 50 tonnani tashkil etadi, deb xabar beradi RIA “Novosti”.
Butun 2014 yil davomida Rossiya xalqaro bozorga 1,65 tonna ikra yetkazib bergan. Shu o‘rinda Rossiyaga keltiriladigan ikra hajmi 2014 yilgi 8,67 tonnadan 2015 yil yanvar-noyabr da 3,5 tonnaga kamaydi.