Jamiyat | 18:25 / 26.02.2016
2748
1 daqiqa o‘qiladi
Suriyalik qochqinlarning soni dunyo bo‘ylab 4,6 millionga yetdi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Suriyadagi ahvol qaltisligicha qolmoqda. Muhtojlarni ta'minlash maqsadli guruhining ishlari oldinga siljimoqda.
“Ushbu hujjatda ko‘rsatilgan barcha punktlarga insonparvarlik yordamlari yetkazila boshlandi. BMTning hisobiga ko‘ra, shunday xarakatlar natijasida 110 mingga yaqin qochqinlar zarur yordam olgan. Navbatdagi insonparvarlik yordami ham yaqin kunlarga rejalashtirilgan”, - deyiladi Rossiya TIV bayonotida.