O‘zbekiston | 13:40 / 26.02.2016
8188
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga favqulodda qo‘ngan Boeing yo‘lovchilari zarur narsalar bilan ta'minlandi

Shoshilinch Toshkent aeroportiga qo‘ngan Azur Air aviakompaniyasining Boeing 767-300 samolyoti yo‘lovchilari zaruriy narsalar, jumladan issiq ovqat bilan ta'minlandilar.

Hozir aviakompaniya yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazish uchun Toshkentga ikkita zaxira Boeing 757-300 samolyotlarini yuborishni rejalashtirmoqda.

26 fevral kuni Domodedovo-Pxuket yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Boeing 767-300 samolyoti dvigatel datchigi yetarli darajadan kam yoqilg‘i qolganini xabar qilgach, bortidagi 327 yo‘lovchi bilan Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Vaziyat nazorat ostida, dedi G‘arb-Sibir transport prokuraturasi rasmiy vakili Oksana Gorbunova, deya xabar beradi RIA Novosti.

Yenisey transport prokuraturasi ushbu holat bo‘yicha tergov ishlarini boshlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish