Jahon | 11:42 / 27.02.2016
2485
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston sharqida terakt yuz berib, 10dan ortiq kishi halok bo‘ldi

27 fevral kunining birinchi yarmida Afg‘oniston sharqidagi Kunar viloyati, Asadobod shahrida hudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan terakt 11 kishining o‘limiga va o‘nlab kishilarning jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Pajvok axborot agentligi xabar tarqatgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash viloyat gubernatori uyi oldida yuz bergan.

Hama Press agentligi xabariga ko‘ra, portlash oqibatida jarohatlanganlarning soni 40 nafardan ortiq.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.