23:20 / 27.02.2016
4440

AQShda o‘smir matematika o‘qituvchisini o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

O‘zining matematika o‘qituvchisining nomusiga tekkan va o‘ldirgan 14 yoshli o‘smir Filip Chizm Massachusets shtatida umrbod qamoq jazosiga tortildi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

O‘smir advokatlari u ruhan nosog‘lom ekanligini ta'kidlashlariga qaramasdan, sud ularning dalillarini inobatga olmagan.

O‘smir muddatdan avval ozod etilishi 40 yildan avval bo‘lmagan muddatda keladi.

Bostonlik o‘smir 2013 yildayoq o‘qituvchisini o‘ldirganlikda ayblangandi. 24 yoshli o‘qituvchi Kollin Rittserning jasadi maktab yonidagi o‘rmonda topilgan.

Top