Sport | 19:32 / 27.02.2016
4487
2 daqiqa o‘qiladi

«Everton»ni Alisher Usmonovning hamkori sotib olishi ma'lum bo‘ldi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning biznes hamkori Farhod Moshiriy Angliya premer-ligasida ishtirok etuvchi jamoalardan biri «Everton»ni sotib olishga kirishgan.

Bundan oldinroq, Moshiriyning RED and WHITE SECURITIES LTD kompaniyasidagi aksiyalarini Alisher Usmonov xarid qilishi va buning evaziga uning «Arsenal» jamoasidagi ulushi 14,58 foizdan 30,04 foizga oshgani xabar qilingandi.

O‘z aksiyalarini Usmonovga sotgan Moshiriy endi «Everton» jamoasi aksiyalari paketini qo‘lga kiritish harakatiga tushgan. U bu kurashda amerikaliklar konsorsiumiga qarshi bo‘ladi. Bu kontsortsium «Everton»ni 200 million funt evaziga sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Yaqin vaqt ichida bu muzokaralar yakuni va «Everton»ning yangi egasi nomi ma'lum bo‘lishi aytilgan.

OAV: Alisher Usmonov «Everton» jamoasining yangi egasi bo‘ldi

Usmonov "Arsenal" aksiyalarining 30 foiziga egalik qila boshlaganini tasdiqladi

Amerikalik investorlar «Everton» aksiyalarini 200 mln funt evaziga sotib oladi