00:30 / 27.02.2016
2979

Fishbit: uzoqdan akvariumni boshqarish imkoniyati

Current Labs kompaniyasi akvarium baliqlari va korallarini parvarishlashda yordam beruvchi Fishbit nomli qurilmani yaratdi. Akvaruim holati haqidagi ma'lumotlar simsiz tarzda smartfonga jo‘natiladi va ularni maxsus dasturda ko‘rish imkoni mavjud. Onlayn tarzda harorat, pH darajasi va suvdagi tuz miqdorini kuzatish ham mumkin. 

Fishbit ikki qurilmadan tashkil topgan: akvarium ichidagi datchik va boshqa barcha qo‘shimcha ulangan qurilmalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan kontroller.

Xattoki sayyoramizning boshqa burchagidan turib, Fishbit yordamida akvariumdagi suv holati va haroratni boshqaruvchi qurilmalar, suv uzatuvchi, yorug‘lik va ozuqa uzatuvchini ham boshqarish mumkin.

Fishbit’ni Kickstarter’dan 455 dollarga sotib olish mumkin.

Top