19:52 / 27.02.2016
5867

Malaka oshirgan xonandalarga sertifikatlar topshirildi

Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kegashining 2015 yil yakunlariga bag‘ishlangan 2016 yil 6 yanvardagi yillik anjumani qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida estrada ijodkorlariga mo‘ljallangan maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etilgan xaqida xabar berilgandi.

Mazkur kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ijodkorlarga maxsus sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori Farxod Jo‘rayev, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti prorektori Go‘zal Holiqulova hamda boshqa institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

O‘zlashtirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgichlarni qo‘lga kiritgan estrada xonandalariga alohida sovg‘alar topshirildi.

Top