Sport | 09:43 / 27.02.2016
3724
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona: «Infantino – sotqin. Futbol hisobidan boyishni o‘ylamaydigan insongina FIFA prezidenti bo‘lishi kerak»

Argentinalik sobiq futbolchi va murabbiy Diyego Maradona FIFAning yangi prezidenti Janni Infantinoni tanqid qilib chiqdi.

«Shahzoda Ali va shayx Salmon rahbarlik uchun katta layoqatga ega, Infantino — sotqin. Uning sobiq rahbarini tekshirishmoqda, uning o‘zi esa odatdagi tartibda ishlashda davom etmoqda.

Qur'a vaqtida sharlarni aralashtirib yurgan odam FIFA prezidenti bo‘lsa, demak — barchasi juda yomon.

FIFA prezidenti futbol va homiylar orqali boyishni istamaydigan odam bo‘lishi kerak edi», — deydi Maradona.

Eslatib o‘tamiz, Infantino 26 fevral kuni Tsyurixda o‘tgan saylovda 115 ovoz olib g‘alaba qozondi. Uning saylovdagi asosiy raqibi, OFK prezidenti shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa esa 88ta ovoz oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish