Jahon | 15:03 / 27.02.2016
3329
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Jyersi gubernatori kutilmaganda Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlab chiqdi

Nyu-Jyersi shtati gubernatori Kris Kristi ko‘pchilik kutmagan vaziyatda AQSh prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan milliarder Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qildi.

Kristi va Tramp biroz oldinroq respublikachilar partiyasining qarama-qarshi qanotlaridan o‘zaro raqib edi.

Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, Kris Kristi respublikachilarning eski an'analari va tartiblariga sodiq qolgan siyosatchi bo‘lib, Donald Trampning saylovoldi dasturini tanqid qilib chiqqandi.

2 hafta oldin prezidentlik poygasidan chiqishini ma'lum qilgan gubernator bir safar saylovda demokratlar vakili Hillari Klinton g‘alaba qilishiga ishonch bildirib o‘tgandi.

Kris Kristining bu qaroriga munosabat bildira turib Tramp "o‘zi istagan ish bo‘lgani"ni ta'kidlagan.