Jahon | 20:36 / 27.02.2016
3131
1 daqiqa o‘qiladi
OAV Yamanda arab koalitsiyasi aviazarbalari oqibatida 40 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi
Yaman poytaxti Sanoda arab koalitsiyasi aviazarbalari oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy aholiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, zarbalar Sanoning shimolidagi bozorga berilgan. Guvohlar 30 kishi yaralangani, ulardan ko‘pchiligi tinch aholi ekanligini aytdilar.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanda isyonchi xusiychilarga qarshi kurashmoqda.
Human Rights Watch huquqni himoya qilish tashkiloti ekspertlari Saudiya Arabistoni Sanoni bombardimon qilishda taqiqlangan kasseta bombalaridan foydalanganini qayd qilib o‘tganlar.