Jahon | 18:15 / 27.02.2016
7086
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov Nemtsov haqida: U mening darajamda emasdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ma'lum qilishicha, muxolifatchi siyosatchi Boris Nemtsov haqida fikr bildirib, uning "o‘ziga xalal bermagani" haqida aytib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

"Umuman olganda, Nemtsov menga hech qanaqa to‘sqinlik qilmagan. Chunki u menga teng emasdi, u mening darajamda emasdi", deydi Qodirov NVT telekanali ko‘rsatuviga bergan intervyusida.

O‘tgan yilning aprelida Qodirov Nemtsovning o‘limi bo‘yicha tergovda ko‘rsatma berishga tayyorligini aytib o‘tgandi. Oktyabrda esa Rossiya Tergov qo‘mitasi tergovchilari uning so‘roq qilinishiga hojat yo‘qligini ma'lum qilishdi.

Boris Nemtsov 2015 yil 27 fevral kuni kechqurun Moskva shahrining markazida otib o‘ldirilgan edi. Tergov jinoyatni bevosita sodir etganlikda Dadayevni gumon qilmoqda va qolgan to‘rt nafar shaxs esa jinoyatni sodir etishda aloqadorlikda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Boris Nemtsov o‘limi bilan bog‘liq tergovni 2016 yil 28 fevraliga qadar uzaytirgandi.