Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati bilan aloqasi borlikka tekshirilmoqda
Ukraina mudofaa vazirligi mamlakatning harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Sergey Gayduk nomiga bildirilgan ayblovlar bo‘yicha tekshiruv boshladi: uning qarindoshlari Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqdalar. Bu haqda 27 fevralda UNIAN agentligi xabar berdi.
Tekshiruv boshlangani haqida mudofaa vaziri Stepan Poltorak ma'lum qildi. Tekshiruvga uning o‘rinbosari boshchiligidagi guruh jalb qilingan.
Gayduk tekshiruv paytida lavozimidan chetlatilmaydi. "Bunday hojat yo‘q. Chunki biz olgan ma'lumotni tekshirish kerak. Biz har gal bunday vaziyatda xodimlarni chetlataversak, unda bir o‘zim qolib ketaman. Avval aniqlashtirib olish kerak", deb aytdi Poltorak.
11 fevralda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning saytida Gayduk nomiga ayblovlar bildirilgan arznoma paydo bo‘lgan. Uning mualliflari Gayduk Rossiyaga befarq emasligi, uning qizi Sevastopolda yashashi va FXX xodimi bilan turmush qurganini ta'kidlamoqdalar. Ular hukumatdan bu ma'lumotlarni tekshirishni va ular tasdiqlansa, Gaydukni lavozimidan bo‘shatishni talab qilishmoqda.
Gayduk Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga 2014 yil martidan boshchilik qilib keladi.