12:56 / 27.02.2016
2899

Zidan: «Atletiko»ga qarshi o‘yinda nima bo‘lishidan qat'i nazar, biz chempionlik uchun kurashda davom etamiz»

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 26 turida «Atletiko» qarshi kechadigan Madrid derbisi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘yinda qanday natija qayd etilishidan qat'i nazar, biz chempionlik uchun kurashdan chiqib ketmaymiz va kurashni davom ettiramiz. Biz taslim bo‘lmoqchi emasmiz va ochko ishlashning imkoni bor ekan, o‘ynaymiz.

«Atletiko» shu haftada YeChLda o‘ynaydimi? Taqvimni men tuzmayman. Men o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish bilan mashg‘ul bo‘laman.

Har hafta qaysidir jamoada o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish va dam olish uchun kamroq vaqtga bo‘ladi», – deydi Zidan.

Top