AQShda bolalarni otgan erkak shaxsi aniqlandi
AQSh huquq-tartibot muassasalari AQShning Vashington shtatida o‘zining asrandi bolalari va rafiqasini otib tashlagan erkakning shaxsini ma'lum qildilar, deb xabar bermoqda Komo News telekanali.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 51 yoshli qotilning shaxsi aniqlangan, u Devid Ueyn Kembell ismli kimsa bo‘lib chiqqan. Qotilning uyi yonida yashagan Djyek Pigottning aytishicha, Kembell 5 yil avval uylangan.
Uning aytishicha, qotilning rafiqasining oldingi turmushida boqib olingan ikki nafar asrandi o‘g‘li va bir qizi bo‘lgan. O‘g‘il bolalar Rossiyadan, qiz esa Xitoydan bo‘lgan. Kembell isitgich va konditsionerlar bilan bog‘liq biznes bilan shug‘ullangan. Qotil yaqindagina shifoxonada yotib chiqqan, biroq davolanish sababi ma'lum emas.
Avvalroq Rossiyaning bolalar ombudsmeni Pavel Astaxov Vashingtonda halok bo‘lgan bolalar Rossiyadan farzandlikka olinganini ma'lum qilgandi.