13:22 / 28.02.2016
5506

«Real» Ronalduni sotishi va o‘rniga Levandovskini xarid qilishi mumkin

Madridning «Real» klubi mavsum so‘ngida Krishtianu Ronalduni sotishi mumkinligi xabar qilindi.

Bu haqda El Confidencial nashrining xabar berishicha, «Real Madrid» avval ham 31 yoshli portugaliyalik futbolchini sotish imkoniyati haqida o‘ylab ko‘rgan. Ammo Ispaniya chempionatining 26-turida «Atletiko»ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin Ronalduning «Agar butun jamoa mening darajamda o‘ynaganda, biz birinchi bo‘lardik» — degan fikri bu istakni yanada kuchaytirgan.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko»ga qarshi kechgan uchrashuvda «Real» 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Keyinchalik esa, Ronaldu o‘z fikrini «Men buni gapirganimda, jamoaning jismoniy tayyorgarligini nazarda tutgandim. Men jamoadoshlarimning birortasidan ustun emasman» — deya izohlagan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, «Real» Ronalduning o‘rniga «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovskini xarid qilishga urinib ko‘radi.

Top