11:32 / 28.02.2016
5011

Ronaldu: «Agar Neymar, Messi va Suares doimo jarohat olishganida, «Barselona» hozir 1-o‘rinda yurmasdi»

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning fikricha, madridliklar safidagi yetakchi o‘yinchilarning jarohati jamoaga o‘z darajasini ko‘rsatishga xalal bermoqda.

«Amalda Ispaniya chempionligi uchun kurashdan chiqib ketdik, lekin biz hamon YeChLda ishtirok etyapmiz. Bu bizga kerakli motivatsiyani beradi.

Tarkibimizda jarohatlangan futbolchilar ko‘p. Balki, biz mavsumga noto‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rgandirmiz.

Agar Neymar, Messi va Suares doimiy ravishda jarohat olganida, «Barselona» chempionatda 1-o‘rinni egallab turmagan bo‘lardi», – deydi hujumchi.

Krishtianu Ronaldu: Agar butun jamoa mening darajamda o‘ynaganda, «Real» birinchi o‘rinda ketayotgan bo‘lardi

Top