Jahon | 08:17 / 28.02.2016
3059
1 daqiqa o‘qiladi

Virjiniyalik o‘quvchi qiz emodzi-bombani chop etgandan keyin xavfsizlikka tahdid qilishda ayblandi

AQSh huquq-tartibot muassasalari Virjiniya shtatida yashovchi 12 yoshli o‘quvchi qizni ijtimoiy tarmoqlarda tahdid solingan xabarlarni chop etgani uchun xavfsizlikka tahdid qilishda aybladi, deb yozmoqda The Washington Post nashri.

O‘tgan yil dekabrida qiz instagramda "qotillik" so‘zi, "seshanba kuni kutubxonada uchrashamiz" degan ibora, shuningdek, to‘pponcha, pichoq va bomba ko‘rinishidagi emodzi (piktogramma) bo‘lgan yozuvni chop etgan.

Ushbu xabar Ferfaksdagi maktab xodimi tomonidan payqalgan, shundan keyin politsiya ushbu holat yuzasidan tergov o‘tkazgan va qizning uyini tintuv qilish uchun ruxsat olgan. Aniqlanishicha, qiz xabarni boshqa o‘quvchi nomidan chop etgan.

Qizning onasi uning farzandi "juda yaxshi qiz" ekanligi, xabarni esa tengqurlari tomondan xo‘rlashlarga javoban joylashtirganini aytgan.