Jahon | 23:41 / 28.02.2016
5384
1 daqiqa o‘qiladi
Yatsenyuk Poroshenkoni Ukrainaning siyosiy mujmalligida ayblamoqda
Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk hukumat qonuniy hisoblanishi, biroq siyosiy mujmallikka chek qo‘yish kerak, deb aytdi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar berdi.
"Hukumat huquqiy jihatdan qonuniy va ishlashda davom etmoqda. Biroq siyosiy mujmallik mavjud bo‘lib qolmoqda va unga chek qo‘yish kerak", deb aytdi Yatsenyuk.
Yatsenyukning aytishicha, bu beqarorlik uchun javobgarlik Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, uning fraksiyasi va "Yevropeyskaya Ukraina" koalitsiyasini tuzgan boshqa siyosiy kuchlar zimmasiga tushadi. Bu koalitsiyaga "Batkivshchina", "Samopomoshch" va Radikal partiya kiradi.