Jahon | 19:31 / 29.02.2016
2968
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yilga kelib dunyodagi barcha elektrokarlarning umumiy narxi jami an'anaviy avtomobillarnikidan arzonroq bo‘ladi

Bloomberg New Energy Finance tahlilchilari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot 2040 yilga kelib dunyodagi transport vositalarining taxminan chorak qismi elektromobillar bo‘lishin ko‘rsatdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2015 yilda turli tipdagi taxminan 462 mingta elektromobil sotilgan. Bu ko‘rsatkich 2014 yildagidan 60 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. Prognozlarga ko‘ra, 2040 yilda elektromobillar savdosi 41 mln donaga yetadi hamda 2015 yildagi natijadan 90 marta ko‘proqni tashkil qiladi.

Elektromobillarning keng tarqalishiga akkumulyator batareyalariga narxlarning pasayishi ko‘mak beradi. 2010 yildan beri litiy-ionli batareyalarning narxi 1 kVt-soat sig‘imga hisoblaganda 65 foizga, ya'ni 350 dollargacha pasaygan. 2030 yilga kelib ularning narxi 120 dollardan pastroqqa tushishi kutilmoqda, so‘ngra narx tushishi yangi texnologiyalarni tatbiq qilish hisobiga ham tushishda davom etadi.

Bloomberg New Energy Finance tahlilchilarining fikricha, natijada 2025 yilga kelib butun dunyodagi elektromobillar umumiy narxi jami benzin va dizelli dvigatelli avtomobillarnikidan kamroqni tashkil qiladi.