Jamiyat | 08:23 / 29.02.2016
4130
1 daqiqa o‘qiladi

Alisiya Vikander ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa sifatida "Oskar"ni qo‘lga kiritdi

Alisiya Vikander AQSh kinoakademiyasining "Oskar" mukofoti taqdimotida, ikkinchi planda eng yaxshi aktrisa nominatsiyasi bo‘yicha "Daniyalik qiz" filmidagi roli uchun mukofotga loyiq deb topildi.

Ta'kidlab o‘tamizki, ushbu nominatsiya bo‘yicha "Oskar"ga, u bilan bir qatorda aktrisalar Runi Mara ("Kerol"), Keyt Uinslet ("Stiv Jobs"), Jyennifer Jyeyson Li ("Jirkanch sakkizlik") va Reychel MakAdams ("Diqqat markazida") bellashishdi.

Alisiya Vikander mukofotni ola turib, "Hech qachon bunday bo‘lganiga ishona olmayman" dedi va film bo‘yicha kasbdoshlari hamda oilasiga minnatdorchilik bildirdi.

Shvetsiyalik akrisa uchun bu ilk ishtirok va ilk g‘oliblik. U marosimga Louis Vuitton tomonidan tayyorlangan sariq libosda keldi.