Fan-texnika | 17:06 / 29.02.2016
2579
1 daqiqa o‘qiladi

Apple yangi mahsulotlarini namoyish etish sanasini kechiktirdi

Apple kompaniyasi yangi mahsulotlari namoyishi sanasini o‘zgartirdi, deb yozadi Re/Code.

Mazkur tadbir 21 mart yoki undan keyingi bir hafta ichida tashkil qilinishi kutilmoqda.

Hozircha Apple bu xabarni tasdiqlagani yo‘q. Ammo taqdimotning 15 martdan boshqa muddatga ko‘chirilgani aniq ekani aytilmoqda.

Martdagi taqdimotda Apple butunlay yangi mahsulotlar taqdim etishni rejalashtirmagan. Kompaniya mavjud qurilmalarning yaxshilangan ko‘rinishini ommaga namoyish etmoqchi. Ularning ichida iPhone 5 lineykasiga kiruvchi, 4 dyuymli iPhone 5 SE (yoki iPhone SE) imkoniyatlari kuchaytirilgan telefoni namoyish etilishi kutilmoqda. Shuningdek taqdimotda 9,7 dyuym diagonaldagi iPad‘ning yangilangan talqini ham namoyish etiladi.