Jahon | 07:28 / 29.02.2016
2188
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda yengil motorli samolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Yengil motorli samolyot AQShning Texas shtatidagi Navasota shahrida qo‘nishni amalga oshirmoqchi bo‘lganda yerga qulagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot falokatga uchrashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.      

Falokat sabablari hozircha o‘rnatilmagan. Politsiyaning aniqlashicha, samolyotda 2 nafar katta yoshli odam va 2 nafar bola bo‘lgan. Boshqa tafsilotlar berilmagan.