Avstraliya Iroq jangovor operatsiyalarida qatnashmaydi
Avstraliya armiyasi sobiq qo‘mondoni general-leytenant Piter Lixi Iroq hududida joylashgan maxsus kuch xizmati bo‘linmalarini mustahkamlash va ularga IShID terroristik guruhiga qarshi jangovor operatsiyalarda qatnashish vazifasini yuklatish haqida Avstraliya hukumatiga rasman murojaat qilgan edi. Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull 29 fevral kuni jurnalistlar bilan suhbatda ushbu murojaatni rad etganini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstraliya maxsus kuchlari Iroqda aynan “o‘sha mamlakat hukumati taklifiga binoan” jangovor operatsiyalarda chet el harbiy bo‘linmalarining ishtirokiga qarshi chiqish uchun joylashtirilgan. “Bizning harbiy bo‘linmalarimiz (iroqlik harbiy kuchlariga) o‘quv mashqlarini olib boryapti va shu vazifada davom etishadi”, -aniqlik kiritdi bosh vazir, deb xabar beradi TASS.
O‘z navbatida Avsvtraliya armiyasi sobiq qo‘mondoni The Australian gazetasida e'lon qilingan intervyusida Avstraliya maxsus kuchlari “hujumlarini bartaraf qilish uchun terroristlarni yo‘q qilish kerak” deb hisoblashini aytgan. “O‘tgan davr mobaynida biz juda ko‘p vaqtimizni Afg‘oniston va Iroqda qoniqarli hukumat shakllantirishga sarfladik, lekin bu xarakatimiz muvaffaqiyat bilan yakunlanmadi, u yerda hali ham terroristlar to‘lib-toshib yotibdi. Endi biz (Iroqda) qat'iyatliroq bo‘lishimiz va terroristlar hamda ularning tayyorgarlik bazalarini va ularni qo‘llab-quvvatlovchi vositalarni ayovsiz yo‘q qilishimiz lozim”, -fikrini asoslagan u.