08:40 / 29.02.2016
3463

"Ayiq tarixi" eng yaxshi qisqa metrajli multfilm sifatida "Oskar" oldi

Los-Anjyeles shahrida, Dolby Theatre saroyi zalida 88 marta Gollivudning har yilning eng yaxshilari uchun "Oskar" mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Marosim ABC kanalidan translyatsiya qilinmoqda.

AQSh kinoakademiyasi chililik ijodkorlarning (Gabriel Osorio va Pato Eskala) "Ayiq tarixi" nomli qisqametrajli multfilmini "Oskar" uchun loyiq deb topishdi.

G‘oliblik uchun Richard Uillyamsning "Prolog", Don Xertsveldning "Kelajak dunyosi", Sanjay Patelning "Sanjay va uning jamoasi" hamda rossiyaliklarning (Konstantin Bronzit) "Biz kosmossiz yashay olmaymiz" nomli multfilmlari nomzod edi.

Top