Jamiyat | 15:21 / 29.02.2016
3476
1 daqiqa o‘qiladi
Di Kaprio Oskar taqdimotida iqlim o‘zgarishi haqida gapirdi
Oskar mukofotiga olti bor da'vogarlik qilib, “Omon qolgan” filmi orqali birinchi bor erishgan Leonardo Di Kaprio o‘z nutqida iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida so‘zladi.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, “Omon qolgan” - insonning tabiat bilan munosabati haqidagi film va uni tasvirga olish chog‘ida u iqlimning oxirgi o‘zgarishlariga guvoh bo‘lgan. Uning aytishicha, 2015 yil juda issiq kelgani uchun kinemotografistlar qor qidirib “sayyoraning janubi”ga qarab ko‘chishga majbur bo‘lishgan, xabar beradi Variety.
Uningcha, iqlim o‘zgarishlari muqarrar va insoniyat sustkashlikni to‘xtatib, hamkorlikda harakat qilishni boshlash payti keldi.