10:56 / 29.02.2016
3585

"Diqqat markazida" filmi yilning eng yaxshi filmi sifatida "Oskar" bilan taqdirlandi

Katolik cherkovidagi shubhali holatlar bo‘yicha jurnalistik tekshiruv haqida hikoya qiluvchi "Diqqat markazida" filmi Amerika kinoakademiyasi tomonidan yilning eng yaxshi filmi deb topildi va kinoijodkorlarga "Oskar" mukofotlari topshirildi.

Bu yo‘nalishdagi g‘oliblik uchun "Diqqat markazi" kartinasidan tashqari yana 7ta film da'vogarlik qilgandi: "Omon qolgan", "Telba Maks: G‘azab yo‘li", "Bruklin", "Xona", Shpion ko‘prigi", "Qulatuvchi o‘yin" hamda "Marslik".

"Diqqat markazida" filmi eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy nominatsiyasida ham "Oskar" ga sazovor bo‘lgan.

Top