Sport | 15:53 / 29.02.2016
3286
1 daqiqa o‘qiladi
Italyan jamoasi «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeonega 100 million yevrolik shartnoma taklif qildi
Italiyaning «Inter» klubi rahbariyati Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeonega besh yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fichajes.net internet-nashri xabar tarqatdi.
Shartnomaga ko‘ra, argentinalik mutaxassis yiliga 20 million yevro maosh olishi mumkin bo‘ladi. «Ko‘k-qoralar» shu yo‘l orqali o‘zlariga Italiya chempionati va Yevropa maydonlaridagi yetakchilikni qaytarib olishni rejalashtirmoqda.
Hozircha Diyego Simeonening yozda Roberto Manchinini o‘rnini egallashi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Murabbiyga shuningdek Londonning «Chelsi» klubi ham qiziqish bildirgandi.