Jamiyat | 10:06 / 29.02.2016
11437
1 daqiqa o‘qiladi

Leonardo Di Kaprio uzoq kutilgan "Oskar" mukofotiga ega bo‘ldi

Amerika kinoakademiyasi 88-marta o‘tkazilayotgan taqdimotida "Eng yaxshi erkak aktyor" yo‘nalishidagi mukofotni "Omon qolgan" filmidagi roli uchun Leonardo DiKaprioga topshirdi.

U mukofotni Julianna Mur qo‘lidan qabul qilib oldi.

Shu tariqa DiKaprio oltinchi urinishda tan olindi. Uni qizil gilamchada "Titanik" filmidagi hamkori Keyt Uinslet qo‘llab-quvvatlab turdi.

Bu yo‘nalishdagi mukofotga undan tashqari Brayan Krenston (“Trambo”), Maykl Fassbender (“Stiv Jobs”), Mett Deymon (“Marslik”) va Eddi Redmeyn (“Daniyalik qiz”) ham da'vogarlik qilishgandi.