Sport | 01:16 / 29.02.2016
9045
1 daqiqa o‘qiladi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Van Gal hakam oldida yiqilib berdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui Van Gal "Arsenal"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda raqib jamoa futbolchisi simulyatsiya qilayotganiga ishora qilib, 4-hakam oldida yerga yotib, buni ko‘rsatib berishga harakat qildi.

64 yoshli gollandiyalik mutaxassis bu xatti-harakati bilan uchrashuvning 4-hakamiga bosh hakam Kreyg Pouson uning jamoasi darvozasi tomon jarimani noto‘g‘ri belgilaganini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan.

Van Gal bu harakatiga quyidagicha izoh berdi: "Tan olish kerakki, men biroz oshirib yubordim. Albatta, bu hakam, laynsmenlar va zaxira hakami obro‘si uchun yaxshi emas. Shuning uchun men ulardan uzr so‘radim va ular mening uzrimni qabul qilishdi".

Uchrashuv mankunianliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.