09:27 / 29.02.2016
3263

Mark Reylens ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor sifatida "Oskar" mukofoti sovrindori bo‘ldi

Mark Reylens Stiver Spilbergning "Ayg‘oqchi ko‘prigi" filmidagi roli uchun AQSh kinoakademiyasi mukofotini qo‘lga kiritdi.

Bu yili ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor nominatsiyasi bo‘yicha aktyorlar Tom Hardi ("Omon qolgan"), Kristian Beyl ("Qulatuvchi o‘yin"), Mark Ruffalo ("Diqqat markazida"), Mark Reylens ("Ayg‘oqchi ko‘prigi") va Silvestr Stallone ("Krid: Rokki avlodi") lar nomzod bo‘lgandi.

Ko‘pchilik tanqidchilar bu mukofotga bosh nomzod deb Silvestr Stalloneni ko‘rishayotgan edi. Rokkining oxirgi qismi uchun Stallone "Oltin globus" mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Top