Jamiyat | 19:27 / 29.02.2016
12162
2 daqiqa o‘qiladi

Piyodani mashinasida urib o‘ldirib qo‘ygan militsioner jinoiy javobgarlikka tortilmaydi

Bishkek yo‘l-patrul xizmati maxsus bataloni xodimi Ulan Jyentayev mashinasida piyodani urib o‘ldirib qo‘ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Bu haqda “24.kg” ga Alamudun tumani prokuraturasi ma'lum qilgan.

7 fevral kuni Lebedinovka qishlog‘ida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Bishkek yo‘l-patrul xizmati maxsus bataloni xodimi piyodani mashinasida urib yuborgan. Olingan jarohatlar tufayli piyoda olamdan ko‘z yumgan.

Halok bo‘lgan Saginbek Jumayevning qarindoshlari aks ariza bilan murojaat etib, inson o‘limiga sabab bo‘lganiga qaramasdan, haydovchiga nisbatan da'volari yo‘q ekanini bildirganlar. “Bunday holatlarda da'vo arizasisiz jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi”, -dedi prokuratura manbasi.
Bishkek yo‘l patrul xizmatida “Ulan Jyentayev xizmat tergovi davomida o‘z vazifasidan ozod qilingan”ini ma'lum qilishdi.