Jamiyat | 19:15 / 29.02.2016
3654
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi qishloqda ona 3 bolasini sotib yuborgani ma'lum bo‘ldi

Qirg‘izistonning Soquluq tumanidagi Asil-Bosh qishlog‘ida yashovchi ayolga nisbatan Qirg‘iziston respublikasi Jinoyat kodeksining 124 moddasi (Odam savdosi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ma'lum qilinishicha, bu ayolning turmush o‘rtog‘i 2016 yilning 27 fevralida huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan va o‘z rafiqasi 2014 yilda 1 o‘g‘li va bir qizini noma'lum shaxslarga 80 ming somga sotib yuborganini bildirgan. Keyinchalik, 2015 yilning yanvarida bu ayol o‘zi tuqqan chaqaloqni Chuy viloyatida tug‘ruqxonada 2 ming som evaziga akusherga pullagan.

Ayni vaqtda bu ish bo‘yicha tekshiruvlar davom etmoqda.