Jamiyat | 19:03 / 29.02.2016
2269
1 daqiqa o‘qiladi

San-Frantsisko hukumati Stiv Jobsga 174 dollar qarzini qaytarmoqchi

AQShning San-Frantsisko shahri hukumati pulli parkovka uchun 174 dollar ortiqcha pul to‘lagan Stiv Jobsdan qarz bo‘lib qolgan. Business Insider nashrida yozilishicha, hukumat ushbu mablag‘larni qaytarib bermoqchi.

Apple kompaniyasining sobiq (4 yil oldin vafot etgan) rahbari hukumatning ortiqcha to‘langan mablag‘larni qaytarib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga tushib qolgan.

Bu ro‘yxatda shuningdek, Uber rahbari Trevis Kalanikka (510 dollar), PayPal asoschilaridan biri Piter Til (170 dollar) hambor.

17 yil ichida San-Frantsisko shahri hukumati jami bo‘lib parkovka uchun ortig‘i bilan to‘langan pul ko‘rinishida jami 6,1 mln dollar «ortiqcha» mablag‘ga ega bo‘lgan va bu pullarning barchasi qaytarilishi aytilgan.