Jahon | 09:05 / 29.02.2016
2448
1 daqiqa o‘qiladi

Somalidagi teraktlar qurbonlari soni 40 nafarga yetdi

Somalida uyushtirilgan ikkita terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Shuningdek, 70 kishi jangarilar hujumi oqibatida yaralangan.

Teraktlarning amalga oshirilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan "Ash-Shabob" terrorchilik guruhining ikki nafar terrorchi-xudkushi Somalining janubi-g‘arbidagi Badabo shahridagi restoran va dorixona oldida minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan. O‘sha payt bu yer odamlar bilan gavjum bo‘lgan.