Toshkent shahrida Sony Xperia C4 smartfoni 1,7 million so‘mdan sotila boshlandi
Toshkent shahridagi «Fleshka» (eski «Malika») savdo majmuasida ikki SIM-kartali Sony Xperia C4 smartfoni 1,7 million so‘mdan sotila boshlandi. Bu haqda «Mobinfo» xabar berdi.
Ushbu smartfonda 1920x108 piksel, 5,5 dyuymli IPS-displey, har biri 1,7 GGts chastotaga ega sakkiz yadroli MediaTek MT6752 protsessori, 700 MGts chastotali Mali 600 grafika protsessori, 2 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotira (+MicroSD), 4G LTE/3G HSPA+, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1, GPS, NFC, 5 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, 2600 mA·s quvvatga ega batareya, Android 5.0 Lollipop operatsion tizimi o‘rnatilgan.
Sony Xperia C4 «selfi smartfon» deya ataladi. Chunki uning old kamerasida Exmor R datchigi hamda LED-vspishka o‘rnatilgan va u keng — 25 millimetr burchak ostida tasvirga oladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu smartfonning narxi 28-fevral holatiga ko‘ra ko‘rsatilgan.