Sport | 20:46 / 29.02.2016
3423
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda yunon-rum kurashi bo‘yicha xalqaro xotira turniri o‘tkazildi
Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejida yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida aka-uka Ro‘ziqulovlar sovrini uchun xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqada o‘zbekistonlik vakillar va qo‘shni Qozog‘istondan jami 187 nafar sportchi ishtirok etdi.
Xalqaro turnir yakunida o‘z vazn toifalarida Nankin Olimpiadasi g‘olibi Ilhom Bahromov, Osiyo chempioni Abubakr Alimov, shuningdek, Javohir Mirahmedov, Qamariddin Zayniddinov, Mirzabek Rahmatov, Ermat Shermatov hamda Doston Saidqulov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilishdi. Bu haqda Olamsport xabar bergan.