Toshkentdagi Oloy bozorida ta'mirlash ishlari boshlandi
Bugun, 29 fevral kuni ertalabdan Toshkent shahridagi Oloy bozori hududidagi eski imoratlarni buzish ishlari boshlandi. Bu haqda Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qoldirilgan xabarga asoslanib, UZ24 nashri xabar bergan.
Avvalroq Oloy bozorida katta rekonstruksiya ishlari olib borilishi haqida ma'lum qilingandi. Bozordagi savdo nuqtalarini ixcham va “hammasi birda” ko‘rinishida qulay joylashtirish rejalashtirilgan. Rekonstruksiya ishlari oziq-ovqat savdosi olib boriladigan pavilondan boshlangan. Qurilish ishlari joriy yilning avgust oyi oxirlarida yakunlanishi aytilgan.
Shuningdek, Toshkent shahridagi Mirobod bozori ham rekonstruksiya qilinadi. Bozorning asosiy binosini yangilash ko‘zda tutilgan. Har ikki bozorni ta'mirlashga 15 milliard so‘m ajratilgan.
Toshkentdagi “Oloy” va “Mirobod” dehqon bozorlarini ta'mirlash uchun 15 milliard so‘m ajratiladi