Jahon | 11:54 / 01.03.2016
2050
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRga sanksiyalar joriy etish bo‘yicha ovoz berishni o‘tkazadi

BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar joriy etishni ma'qullash bo‘yicha ovoz berishni 1 mart kuni kechki payt o‘tkazmoqchi. Bu haqda Reuters xabar beradi. 

"KXDRga nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha masalani ovozga qo‘yish Xalqaro tashkilot tomonidan soat 20:00 GMT (Toshkent vaqti bilan tungi 01:00da) bo‘lib o‘tishi kerak", deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish