Britaniyalik sayyoh Germaniyaga qallig‘ining fuqarolik pasporti bilan uchib keldi
21 yoshli britaniyalik Josh Rid(Josh Reed) Germaniyaga ta'til uchun qallig‘ining pasporti bilan uchib keldi. Bu haqida The Daily Mail xabar beradi.
U Londonning Stansted aeroportidan Ryanair kompaniyasining reysi bilan uchib kelgan. Germaniyaning Dortmund shahriga qo‘nganidan so‘ng, o‘z pasorti o‘rniga qallig‘i Sofi Uotkinsning pasportini olib kelganini payqab qoldi. Qizig‘i, buni xatto Britaniya milliy xavfsizlik xizmati xodimlari ham payqamagan.
Voqea qahramoni bo‘lgan britaniyalik aeroport xavfsizlik xizmati xodimlarining loqaydligidan norozi. Uning ism-sharifi ham, tashqi ko‘rinishi ham qallig‘i Sofi bilan butkul bo‘lakcha ekanini aytgan.
O‘z navbatida kompaniya vakillari ham Josh Ridning o‘z pasportiga nisbatan befarq munosabatda bo‘lganini ta'kidlagan.
Britaniyalik sayyoh o‘z uyiga haydovchilik guvohnomasi bilan qaytib kelishga majbur bo‘lgan.