Jamiyat | 16:34 / 01.03.2016
5960
1 daqiqa o‘qiladi

Filippin qirg‘oqlari yaqinida baliqchilar yaxtada mumiyo topib olishdi

Ikki baliqchi Filippin qirg‘oqlari yaqinidan bortida mumiyo bo‘lgan yaxta topib olishdi, deb xabar beradi The Independent.

Yaxtaning machtasi singan holda bo‘lgan, mumiyo esa kema boshqaruv xonasidan (rubka) topilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, vafot etgan 59 yoshli kapitan nemis sayohatchisi bo‘lib, yaxtaga 20 yildan beri egalik qilgan va u bilan yarim million dengiz milini suzib o‘tgan.

Uning o‘limi kuni va sababi hali aniqlanmagan, lekin politsiyaning taxminiga ko‘ra, kapitan yurak xuruji tufayli vafot etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish