Jahon | 08:48 / 01.03.2016
2267
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya va Marokash muhojirlar deportatsiyasini tezlashtirish to‘g‘risida bitim imzoladi

Germaniya va Marokash qochqin maqomini olmagan marokashliklarni GFRdan chiqarish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risada bitim imzoladi, deb xabar qiladi Deutsche Welle.

Bu haqida matbuot anjumanida Germaniya IIB rahbari Tomas de Mezer va uning hamkasbi Moxamed Hassad e'lon qildi.

«Aminmizki, birinchi navbatda Germaniyaga 2015 yilda kirib kelgan Marokash fuqarolarini surgun qilishga e'tibor qaratish zarur», — deyishdi ular matbuot anjumanida.

Qayd etilishicha, mazkur jarayon boshpanaga ega bo‘lish uchun o‘z pasportini suriyalik qochqinlarning soxta hujjatlariga almashtirgan marokashliklarga ham tegishli bo‘ladi.

Avvalroq, bundestag qochqinlarga saralab boshpana berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Navbatdagi qonunlar majmui boshpanalarni tezroq yetkazib berish, shuningdek, bunga loyiq bo‘lmagan insonlarni chiqarib tashlash jarayonlarini o‘rganib chiqmoqda. Qonun ba'zi bir toifadagi qochqinlarga boshpana berish imkonini ham cheklab qo‘ydi.