Sport | 09:37 / 01.03.2016
2554
2 daqiqa o‘qiladi

Klaudio Raneri: «Arsenal» va «Tottenhem» chempionlik uchun asosiy da'vogarlar»

Ayni vaqtda APL turnir jadvalini boshqarib turgan «Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Londonning «Arsenal» va «Tottenhem» jamoalarini mavsum chempionligi uchun asosiy da'vogarlar sifatida bilishini aytib o‘tdi.

«Men o‘ylaymanki, «Arsenal»va «Tottenhem» – asosiy favoritlardir. «Arsenal» tarkibida shunday futbolchilar borki, ular har o‘yinga g‘alaba qozonish uchun tushishadi.

Men «Arsenal» va «Tottenhem»ning bu turdagi o‘yinlarini kuzata olmadim. Men vaqtimni oilam davrasida o‘tkazdim va bu vaqtda televizorda «Vest Bromvich» o‘yini bo‘layotgandi. Aynan shu jamoa bilan keyingi turda o‘ynaymiz.

«Norvich» yoki «Vest Bromvich» kabi jamoalarga qarshi o‘yinlar diqqat bilan harakat qilishga majburlaydi. O‘tgan mavsumdagi «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yinimiz juda og‘ir kechgandi. Raqib hisobni ochgandi, ammo biz iroda namoyish etib, vaziyatni o‘zgartirgandik. Bu safar ham futbolchilarimdan iroda kutaman.

Kuchni o‘yin davomida teng taqsimlash o‘ta muhim. «Vest Bromvich» qarshi hujumlarda yaxshi harakat qiladi, ularda Rondon, Sessenon va Beraino kabi tezkor futbolchilar bor. Shuningdek, bu jamoa burchakdan to‘p uzatiladigan vaqtlarda ham xavfli raqibga aylanishadi. «Vest Bromvich» standart vaziyatlardan 10tacha gol urgan», – deydi italiyalik mutaxassis.