Jamiyat | 16:58 / 01.03.2016
4717
1 daqiqa o‘qiladi
Lufthansa samolyoti bortdagi bolaning vafoti sababli Krasnoyarskda majburiy qo‘nishni amalga oshirdi
To‘qqiz yoshli qizaloq Krasnoyarsk ustidan uchib o‘tayotgan Shanxay — Myunxen reysini amalga oshirayotgan samolyot bortida vafot etgan, deb xabar beradi RIA «Novosti» mintaqa huquqni saqlash organlariga tayangan holda.
Voqea Lufthansa samolyoti bortida sodir bo‘lgan.
“Yemelyanovo shifokorlar brigadasi qizchaning o‘limini tasdiqlashgan. Ota-ona bola bilan uchishni davom ettirish haqida qaror qabul qilishgan. 11.35da (7.35 msk) reys o‘z yo‘nalishini davom ettirgan”, deb xabar berdi agentlik.
Hozirgi paytda axborotning rasmiy tasdiqi berilmagan.