Luis Suares: «Menda Messining chap oyog‘i va Neymarning tezligi mujassam bo‘lishini istardim»
«Barselona» hujumchisi Luis Suares o‘z jamoadoshlari Messi va Neymar sha'niga yana bir bor maqtovli so‘zlar aytib o‘tdi.
«Menda Messining chap oyog‘i bo‘lib qolishini istayman, bunaqasi dunyoda yagona. Agar menda ham shunaqasi bo‘lganida 5 futbolchini aldab o‘ta olardim, hozircha esa bunday emas.
Neymardan esa tezlikni va hayotdan zavqlana olish xususiyatlarini olgan bo‘lardim. U o‘yinlarda raqibdan ortda qolayotgan holda oldinga chiqib oladi.
Maydonga biz hech narsani oldindan rejalashtirgan holda tushmaymiz, barchasi o‘z-o‘zidan ro‘y beradi. Biz maydonda o‘z o‘yinimizdan zavq olish uchun to‘p suramiz.
Biz o‘z oldimizga jamoaviy maqsad qo‘ygan holda maydonga tushamiz. Bizda hech kim bir-bir bilan raqobatlashmaydi, biz bir-birimizning yutuqlarimizdan quvonamiz. Menga bu yerda jamoaga foydam tegishi uchun o‘ynayotganimdan xursandman.
«Barselona»da ajoyib muhit shakllangan. Bu futbolchilar mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni yutib olishgan. Jamoa futbolchilarining o‘zaro munosabati kundan-kunga yaxshilansa yaxshilanadiki, aksi bo‘lmaydi», – deydi Suares.