06:46 / 01.03.2016
2698

Microsoft korporatsiyasi Mac kompyuterlarini tanqid qilgan roliklar seriyasini chiqardi

Microsoft korporatsiyasi Apple kompyuterlari tanqid qilingan Windows 10 operatsion tizimining bir nechta reklama roliklarini chiqardi.

Roliklar mualliflari sensorli ekranlarning qulayligi va Microsoft’ning Cortana ovozli yordamchisining Apple’ning Siri’sidan afzalligiga urg‘u berishgan.

Videoroliklar qahramonlari bo‘lib hasharotlar bilan qiziquvchi ikki nafar qiz chiqqan. Reklama davomida ular taqdimot yaratishadi va hujjatlar bilan ishlashadi. E'tiborlisi, qizlardan biri Mac’da bunday funksiyalar yo‘qligidan shikoyat qiladi.

Apple 2010 yilda iMac uchun tachskrinlardan foydalanishga patent arizasi topshirgan, biroq hozircha bunday mahsulotlarni ochiqchasiga e'lon qilmagan.

Top