Sport | 16:47 / 01.03.2016
2685
2 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyalik futbol murabbiyi bukmekerda o‘yinlarning natijasiga pul tikkani uchun jazolandi

Ruminiyadagi "Astra" jamoasi bosh murabbiyi Mariush Shumudikya 6 oyga futboldan chetlatildi va unga 22,4 mln yevrodan iborat jarima qo‘llandi. Bunga uning bukmekerlik idoralari orqali mamlakat birinchiligidagi uchrashuvlarning natijasi uchun pul tikish bilan shug‘ullangani sabab bo‘lgan. Bu haqda Digisport xabar bergan.

Ruminiya futbol federatsiyasining bu qaroriga ko‘ra nazarda tutilgan 6 oy faqat ichki chempionat o‘tkazilayotgan davrga taalluqli bo‘ladi va mavsumlar orag‘idagi tanaffus hisobga olinmaydi.

Shu tariqa Shumudikya "Astra" jamoasining o‘yinlarini murabbiylar shtabi qatorida turib kuzata olmaydi va jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi.

"Astra" jamoasi rahbariyati mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va qo‘mita qarorini adolatsiz deya baholagan. Mutaxassisning o‘zi apellyatsiya bilan murojaat qilishni rejalashtirgan.

Ruminiya chempionatining 26 turidan keyin "Astra" turnir jadvalida 51 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Jamoani 3 ochkolik farq bilan Buxarestning "Dinamo" jamosi ta'qib qilmoqda.