20:24 / 01.03.2016
9279

Shohruxxonning ko‘zini nega bog‘lashdi?

O‘zbek estrada xonandasi Shohruxxon Jahongir Ahmedovning “Majnun” filmi saundtregi uchun klip suratga olishni boshladi. Mazkur jarayonni kun.uz sayti ham kuzatib bordi.

Bizni qiziqtirgan holat shu bo‘ldiki, Shohruxxonning ko‘zini maxsus qora mato bilan bilan bog‘lab ham kadrlar olishdi. Bunga izoh so‘raganimizda esa “film tayyor bo‘lgach, bilib olasiz”, deb javob qaytarishdi.

Shuningdek, tasvirga olish jarayonlarini “Majnun” filmida bosh rollardan birini ijro etgan Asal Shodiyeva ham chetda, tomoshabinlar qatorida, kuzatib bordi. Shohruxxon va Asal Shodiyevaning munosabatlari haqidagi mish-mishlar avj olgan bir paytda bu ham nimadandir dalolat bermoqda. Yana kim biladi, deysiz?!

Qiziq, film premerasiga sanoqli kunlar qoldi. Shuni hisobga olganda, ijodkorlar klipni qisqa muddatda tayyorlashga ulgurarmikan?!

Top