Sport | 16:51 / 01.03.2016
2517
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida xalqaro futbol festivali boshlandi

«Ertangi kun sporti» nomli musobaqada o‘n olti yoshgacha futbolchilardan iborat O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Yaponiya o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etmoqda. Mazkur festival O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun shu yilning 15 sentabr – 2 oktabr kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini ham o‘tamoqda.

“Jar” stadionida o‘tayotgan musobalardagi ilk o‘yinda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Turkmanistonlik tengqurlarini 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi terma jamoa a'zolaridan Alfayzi Ne'matov, Bahrom Soatov, Shuhrat Ne'matov, Abdunozir Abdurahmonov, Asadbek Sobirjonov raqib darvozasiga bittadan to‘p kiritdi.

O‘zbekistonlik o‘mirlarimiz 2 mart kuni eronlik tengdoshlariga qarshi mart kuni maydonga tushadi.