Sport | 18:19 / 02.03.2016
4499
1 daqiqa o‘qiladi

Angliya premer-ligasi o‘yini vaqtida to‘rtinchi hakam hushidan ketib qoldi

Angliya premer-ligasining «Bornmut» va «Sauthempton» jamoalari uchrashuvi paytida to‘rtinchi hakam sifatida ishlayotgan Kevin Frend o‘yin vaqtida hushini yo‘qotdi.

Voqea birinchi bo‘lim yakuniga yetishi arafasida sodir bo‘lgan. Frend dastlabki bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtni ko‘rsatish uchun tabloni bilan ko‘tarib kelish jarayonida o‘zini yomon his qilgan.

Shundan so‘ng, Mayk Din birinchi bo‘limni yakunlab bergan va Frendga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, u yaqin hududdagi mahalliy shifoxonalardan biriga yotqizilgan.

Ikkinchi bo‘limda Frendning o‘rnini o‘sha paytgacha o‘yinni tribunadan kuzatib borgan zaxiradagi to‘rtinchi hakam Din Treleven egallagan.